Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

U Tramp emas. Prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqsa, 60 milliard dollarlik kompaniyasini sotib yubormoqchi

U Tramp emas. Prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqsa, 60 milliard dollarlik kompaniyasini sotib yubormoqchi

Foto: TASS / ZUMA / Paulo Lopes

Milliarder va Nyu-York shahrining sobiq meri Maykl Blumberg, agarda AQSh prezidentligi uchun saylovlarda g‘olib chiqsa, o‘ziga qarashli «Bloomberg LP» kompaniyasini sotib yubormoqchi. Bu haqda «Wall Street Journal» Blumbergning saylovoldi shtabiga asoslanib xabar tarqatdi.

1981-yilda asos solingan ushbu kompaniya bugungi kunda 60 milliard AQSh dollariga baholanmoqda.


Mavzuga oid: Milliarder: «Trampdan qutulish uchun hamma pulimni sarflayman!»


«Associated Press» jurnalistlari Blumberg shtabi vakili Tim O‘Brayendan kompaniyani xorij kompaniyasi yoki xususiy kompaniya sotib ololmasligini ham aniqlashdi.  O‘Brayenning ta’kidlashicha, Maykl Blumberg hozirgi prezident Donald Trampning mutlaqo aksi.

«Bizning nazarimizda, Tramp o‘z moliyaviy manfaatlaridan voz kechmagani AQSh prezidentligi uchun katta dog‘ bo‘lib tushdi», — dedi Tim O‘Brayen.

Eslatib o‘tamiz, AQShda prezidentlik saylovlari 2020-yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring