Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikada blogerlar qamaldi

Amerikada blogerlar qamaldi

Foto vzyato s sayta vesti.ru

AQShning Nevada shtati sudi niderlandiyalik videoblogerlar Govert Svip va Tis Granzelarni o‘n kunga qamadi. Blogerlar «51 hudud» deb nomlanadigan harbiy bazaga noqonuniy yo‘l bilan kirishga uringan.

Turistlarning avtomobilida tasvirga olish ishlarini olib borish uchun olingan uskunalar topilgan. Qo‘lga olinganlar ogohlantiruvchi belgilarga qaramay noqonuniy yo‘l bilan taqiqlangan hududga kirishga uringanini tan oldi.

«51 hudud» — mahfiy harbiy baza bo‘lib, o‘zga sayyoraliklar bilan bog‘liq tadqiqotlar o‘tkazilishi to‘g‘risida turli xabarlar yuradi. AQSh shunday baza borligini 2013 yilga kelibgina tan olgan edi.
Biroz vaqt oldin internetda hududga 20 sentyabrda ommaviy yurish qilish taklifi bildirilgan edi.

Bu taklifga 2 milliondan ortiq odam javob qaytargan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring