Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkmanistonda eng qimmat ruchkalar qaysi rangdaligini bilasizmi?

Turkmanistonda eng qimmat ruchkalar qaysi rangdaligini bilasizmi?

Foto: «CentralAsia» (TM)

Turkmanistonda o‘qituvchilar yashil rangdagi ruchka va bloknotlardan foydalanishi shart qilib qo‘yildi — bu haqda «CentralAsia» (TM) xabar bermoqda.

Xabarda yozilishicha, ilgarilari o‘qituvchilarga asosan tashqi ko‘rinish borasida talablar qo‘yilgan bo‘lsa, masalan, ular bir xil do‘ppi kiyishlari, muallimalar maktabga milliy kiyimlarda kelishlari shart edi, endi bir xil (yashil rangli) ruchka va yondaftarlardan foydalanishlari talabi qo‘yilmoqda.

Turkmanistonda yashil ruchkalar eng qimmati sanaladi, ularni buyurtma asosida Turkiyadan, shuningdek, Rossiya va Xitoydan keltirishadi.

Yashil ruchka va bloknotlar turkman milliy gilami naqshlari bilan bezatilgan.

Bitta yashil ruchkaning narxi — 45 manat, bloknot — 50 manat (1 turkman manati = 0,29 AQSh dollari).


Mavzuga oid: Kichik sirlar: siyohdan iz ham qolmaydi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring