Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkmaniston «Koka-kola» va «Pepsi»siz qolishi mumkin

Turkmaniston «Koka-kola» va «Pepsi»siz qolishi mumkin

Foto: «YouTube»

«REGNUM» Turkmanistonda qo‘shni Eronda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari va tamaki mahsulotlari taqchilligi yuzaga kelishi mumkinligi haqida yozmoqda. Chunki Turkmaniston hukumati 2020 yilning 8-yanvarida Eron bilan chegaradagi o‘tish punktlarini yopgan, deyiladi «Xronika Turkmenistana» xabarida.

Turkmaniston-Eron chegarasi yopilganidan beri ashxobodliklar do‘konlarda Eronda ishlab chiqarilgan «Koka-kola», «Pepsi» va boshqa alkogolsiz, gazlangan ichimliklar hamda sigaretalar ancha tortilib qolganini his etishmoqda.

Eronda chiqarilgan ichimliklar mahalliysidan ko‘ra sifatliroq ekani uchun ularga Turkmanistonda talab doim yuqori bo‘lib kelgan, qolaversa narxiyam o‘zgarmas, holbuki, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari tinmay qimmatlashib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring