Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyada qor ko‘chishi natijasida 8 kishi halok bo‘ldi

Turkiyada qor ko‘chishi natijasida 8 kishi halok bo‘ldi

Foto: «ntv.com.tr»

Turkiya sharqidagi Vanda qor ko‘chishi oqibatida 8 kishi hayotdan ko‘z yumdi, qutqaruv ishlari davom etmoqda, deydi Baxchesaray rahbari Meki Arvas.

Seshanba kuni Van gubernatori Mexmet Emin Bilmez xabariga ko‘ra, Baxchesaray tumanida qor ko‘chishi natijasida mikroavtobusning kamida to‘rtta yo‘lovchisi halok bo‘lgan va besh kishi jarohatlangan.

Taxminan 300 nafar qutqaruvchi qor ko‘chishi oqibatida g‘oyib bo‘lgan mikroavtobusning ikkita yo‘lovchisini qidirish ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishgan. Yangi qor ko‘chkisi ostida ichida 50 nafar qutqaruv xizmati xodimi bo‘lgan beshta avtomobil qolib ketdi.

«Qor ostidan 8 kishining murdasi olib chiqildi, u yerda yana 50 tacha odam qolib ketgan, qutqaruvchilar tinmay ishlamoqda», — deya xabar berdi «NTV» telekanali.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring