Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiya armiyasi Suriya hukumati nazoratidagi hududga hujum qildi

Turkiya armiyasi Suriya hukumati nazoratidagi hududga hujum qildi

Turkiya artilleriyasi bir necha kun oldin Suriya armiyasi nazoratga qaytgan Idlibdagi Sarakib shahrini o‘qqa tutgan. Bu haqda bugun «Al Jazeera» xabar  berdi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya armiyasi Sarakib shahri va uning atroflarini Suriya armiyasi bo‘linmalari joylashgan hududni og‘ir artilleriya o‘qlari bilan nishonga olgan.

Shu bilan birga, Idlib viloyatining sharqida hukumat kuchlariga qarshi qurollangan «Suriyalik muxolifat tuzilmalari, turk artilleriyasi niqobi ostida, keng ko‘lamli hujum operatsiyalari boshlangani» haqida xabarlar mavjud. Shunga qaramay bu hali tasdiqlanmagan.

Yakshanba kuni Suriya armiyasi 600 kvadrat metr maydonni, Shimoliy Aleppo va Idlib viloyatlarida joylashgan aholi punktlarini terroristik guruh jangarilaridan ozod qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring