Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Trampning oxirgi umidi ham puchga chiqdi

Trampning oxirgi umidi ham puchga chiqdi

Foto: «Thepotholeview.com»

AQSh Oliy sudi sobiq prezident Donald Trampning saylov natijalariga oid uchta apellyasiyasining oxirgisini ham rad etdi, deya xabar bermoqda sud vakillari.

Sud Trampning Viskonsin shtatidagi minglab ovoz natijalarini hisobga olmaslik to‘g‘risidagi da’vosini rad etgan quyi instansiya qarorini o‘z kuchida qoldirdi. Unga ko‘ra Tramp 20 ming ovoz bilan Jo Baydenga yutqazib qo‘ygandi. Oliy sud o‘z qarorini izohlab o‘tirmadi.

Oliy sud avval Texas va bir qator shtatlarning prezidentlik saylovlari natijalarini qayta ko‘rib chiqishni talab qilgan da’vosini ko‘rib chiqishni rad etgan. Oliy sudda Tramp tayinlagan uch kishi ishlashiga qaramay, sud shtat idoralari shug‘ullanuvchi ovozlarni hisob-kitob qilish ishlariga aralashish niyati yo‘qligini aniq ko‘rsatib qo‘ydi.

Quyi instansiya sudlarida Tramp taxminan 55 ga yaqin ishni yutqazib qo‘ydi va faqat bittasida g‘olib chiqdi, lekin bu saylov natijalariga ta’sir ko‘rsatmadi. Shu bilan birga, Tramp hanuzgacha saylov natijalarini tan olmaydi va u g‘alaba qozonganini ta’kidlashda davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring