Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp Uchinchi jahon urushiga nima sabab bo‘lishi mumkinligini aytdi

Tramp Uchinchi jahon urushiga nima sabab bo‘lishi mumkinligini aytdi

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining siyosati uchinchi jahon urushining boshlanishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Amerikaning sobiq yetakchisi Donald Tramp Texasdagi konservativ siyosiy harakatlar konferensiyasida aytib o‘tgan.

«Hamma narsa bizni boshqarayotgan layoqatsiz odamlar tufayli uchinchi jahon urushiga kirishimiz bilan yakunlanishi mumkin», dedi u.

Tramp, shuningdek, mavjud qurol turlari tufayli urush «tarixdagi eng yomoni»ga aylanishini qayd etgan. 

Bundan tashqari, sobiq prezidentning aytishicha, agar u qayta saylanganda Ukrainadagi mojaro hozirgiday ko‘rinishga kelmagan bo‘lardi.  Shuningdek, u navbatdagi mojaro ob’yekti Xitoy va Tayvan bo‘lishini qo‘shimcha qildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring