Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Shimoliy Koreyaga qo‘shimcha sanksiyalarni bekor qildi

Tramp Shimoliy Koreyaga qo‘shimcha sanksiyalarni bekor qildi

Foto: «Reuters»

AQSh prezidenti Donald Tramp KXDRga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalarni bekor qilishga ko‘rsatma berdi. Bu haqida u Tvitterdagi sahifasida ma’lum qilgan.

AQSh moliya vazirligi KXDRga nisbatan ayni vaqtda amalda bo‘lgan sanksiyalarga qo‘shimcha qilishni rejalashtirayotgan edi. Ammo Tramp bu qo‘shimchani bekor qilishga ko‘rsatma bergan.

Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning aytishicha, Tramp Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inga xayrixohlik qiladi, shu bois qo‘shimcha sanksiyalarga xojat yo‘q, degan fikrda. Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR rahbari Kim Chen In 27-28 fevral kunlari Vetnam poytaxti Xanoyada muzokara o‘tkazgan edi. Ammo muzokara belgilangan vaqtdan ikki soat oldin yakuniga yetgan va tomonlar kelishuvga erisha olmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring