Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp maktablarni kuzda ochish tarafdori

Tramp maktablarni kuzda ochish tarafdori

Foto: «RIA Novosti»

AQSh prezidenti Donald Tramp hozirgi koronavirus pandemiyasi sharoitida maktablarni kuzda ochish mumkinligiga ishonchi komil.

«Biz ularni ochishimiz kerak. Kuzda ularni ochamiz», — dedi u Oklaxoma shtati Talsa shahrida bo‘lib o‘tgan mitingda.

U yerdan translyasiyani «Fox News» telekanali olib borgan.

Tramp misol tariqasida Nyu-Jersi shtati tajribasini keltirib o‘tgan: u yerda minglab aholi koronavirus tufayli vafot etdi, lekin ulardan faqat bittasi 18 yoshdan kichik.

Tramp avval ham bolalar xavfli guruhga kirmaydi degan dalilga asoslanib maktablarni tezroq ochishni taklif qilgandi. Biroq baribir yakuniy qarorni shtat ma’murlarining o‘zlari chiqaradi. Hozircha esa o‘quv yili yakuniga yetgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring