Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp AQSh g‘amlab qo‘ygan neftni ishlatishni buyurdi

Tramp AQSh g‘amlab qo‘ygan neftni ishlatishni buyurdi

Foto: RT

AQSh prezidenti Donald Tramp, Saudiya Arabistonidagi vaziyatdan kelib chiqib, mamlakatning strategik neft zaxiralarini ochishni buyurdi. Bu haqda Tramp o‘zining «Twitter»dagi sahifasida yozdi.

Amerika rahbarining aytishicha, Saudiya Arabistonidagi neftni qayta ishlash zavodlariga uyushtirilgan hujum jahon neft bozori narxlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

«Men strategik neft zaxiralarini ochishga buyurdim, zarurat tug‘ilsa, bozorlarni yaxshi ta’minlash miqdorida neft chiqariladi», — dedi Tramp.

U, shuningdek, «Saudi Aramco»ga hujumlar ortida kim turgani bo‘yicha Ar-Riyoddan javob kutayotgani va shunga qarab ish tutishni bildirdi.

«Saudiya Arabistoni neft sektoriga hujum qilindi. Bunda kimning qo‘li bor — dalillarimiz bor va to‘liq jangovar tayyorgarlikka egamiz, biroq hammasi saudiyaliklar ham fikrimizni tasdiqlashiga bog‘liq, shunga qarab ish tutiladi», — ta’kidladi AQSh prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni sharqidagi «Saudi Aramco»ga qarashli ikkita dunyodagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodlarida dronlar hujumi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgandi. Hodisadan so‘ng «Saudi Aramco» rahbariyati neft tortib olish 5,7 million barrelga — sutkalik me’yorning teng yarmiga qisqarganini ma’lum qilgan.

Keyinchalik AQSh Bosh kotibi Mayk Pompeo Eron hukumatini jahon energetika tizimiga tajovuzda aybladi, hatto AQSh senatorlaridan biri Eron neft ob’yektlariga javob zarbalari berishni taklif qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring