Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Toyota» kompaniyasini Xitoyda nega jarimaga tortishdi?

«Toyota» kompaniyasini Xitoyda nega jarimaga tortishdi?

Foto: «Ok.ru»

«Toyota» kompaniyasi mahalliy dilerlarni «Lexus» avtomobillari savdosida erkin moliyaviy daromalardan judo qilgani uchun Xitoy antimonopoliya byurosi yapon avto ishlab chiqaruvchisini 87,6 mln yuan (qariyb 12,5 mln dollar) jarimaga tortdi.

«Regnum»ning yozishicha, 2015 — 2018-yillar davomida «Toyota» kompaniyasi Szyansu provinsiyasida «Lexus» markali mashinalar bahosida xitoylik dilerlar uchun qat’iy cheklovlar qo‘yib kelgan. Shu tariqa, diler markazlari narx siyosati avtonomiyasidan judo bo‘lgan va zarar ko‘rgan.

Belgilangan vaqt mobaynida mijozlarga chegirmalar va ishlab chiqaruvchi belgilagan narx-navo bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar taklif etilgan. Bunga esa Xitoy bozorida yo‘l qo‘yilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 10-yanvardan «Toyota» Xitoydan 1380 ta mashinani qaytarib oladi: Alphard Hybrid (723 ta) va Vellfire Hybrid (657 ta). Bunga xavfsizlik kamaridagi favqulodda qulflash mexanizmidagi nuqsonlar sabab bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring