Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘yda pirog yegan mehmon hayot bilan vidolashdi

To‘yda pirog yegan mehmon hayot bilan vidolashdi

Foto: «TASS»

Angliyaning Lankashir grafligi fuqarosi tomog‘ini issiq baliqli pirog bilan kuydirib qo‘yib, tomog‘i shishib bo‘g‘ilib qoldi.

«Daily Mail»ning yozishicha, 51 yoshli Darren Xiki to‘yda xursandchilik qilgach, ketishga chog‘lanadi. Shunda unga baliqli pirogdan ham ta’tib ketishni taklif etishadi. Pishiriq erkakning tomog‘ini kuydirib yuboradi. Bir necha soatda uning tomog‘i shishib ketadi va u qiynalib nafas ola boshlaydi.

Xiki sherigi Nil Parkinsonga tomog‘i og‘riyotganini aytadi va shifokor qabuliga shoshiladi. Unga paratsetamol yozib berishadi va uyiga jo‘natishadi. Og‘riq kuchaysa, shifoxonaga qaytib kelishini tavsiya etishadi.

Uyda Xiki dam olish uchun xonasiga chiqadi. Ma’lum vaqtdan so‘ng Parkinson uning xonasidan baqir-chaqirni eshitadi. Yugurib borib qarasa, Xiki yo‘talib, bo‘g‘ilyapti. Ko‘p o‘tmay Xiki yerga yiqiladi, Parkinson esa «Tez yordam» chaqiradi.

Shifokorlar Xikiga tibbiy yordam ko‘rsatib, so‘ngra shifoxonaga olib borishadi. Keyingi kuni shifokorlar bemorga o‘lim tashxisini qo‘yishadi.

Sudda patologoanatom Patrik Voning aytishicha, bunday hodisalar kamdan-kam yuz beradi. Erkak issiq taom bilan tomog‘ini kuydirib qo‘ygan. Natijada tomog‘i shishib, nafas olishga va yutinishga qiynalib qolgan. Patrikning ta’kidlashicha, bu kabi holat odatda yong‘in paytida issiq havo nafas yo‘llarini kuydirib qo‘yganda kuzatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring