Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘yda chaqmoq urishidan 16 kishi halok bo‘ldi — Bangladesh

To‘yda chaqmoq urishidan 16 kishi halok bo‘ldi — Bangladesh

Foto: «AP Photo / Rodrigo Abd»

Bangladeshda to‘yga kelgan 16 kishi chaqmoq urishi natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib Daily Bangladesh xabar bermoqda.

Voqea chorshanba kuni tushdan keyin mamlakat shimolidagi Shibganj tumanida mehmonlar Padma daryosida qayiqda suzayotgan paytda sodir bo‘lgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, yana olti kishi jarohatlangan. Ular mahalliy shifoxonalarga yotqizilgan. Rasmiylar qurbonlar soni oshishi mumkinligini istisno qilmayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring