Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«To‘rt ofat»: Buyuk Britaniya bosh vaziri harbiylarni tayyor turishga chaqirdi

«To‘rt ofat»: Buyuk Britaniya bosh vaziri harbiylarni tayyor turishga chaqirdi

Foto: «Instinctif Partners»

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson qirollik harbiylarini kelayotgan qishgacha to‘rt ofatga tayyor turishga chaqirdi. Bu haqda «Daily Mail» yozmoqda.

Siyosatchi koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini, mavsumiy gripp epidemiyasi, kutilayotgan suv toshqinlari hamda Brexitni nazarda tutgan: Buyuk Britaniya Yevropa ittifoqidan chiqishining o‘tish davri 2020-yil dekabrida nihoyasiga yetadi.

Jonsonning bu galgi topshirig‘i uning oldingi bayonotlarida aytganlarini inkor etishini nashr e’tibordan qochirmagan: bosh vazir mamlakat normal hayotga qaytishi uchun koronavirus bo‘yicha cheklovlarni yaqin orada olib tashlashga va’da bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring