Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston va Qirg‘iziston chegarachilari o‘rtasida yana otishma bo‘ldi

Tojikiston va Qirg‘iziston chegarachilari o‘rtasida yana otishma bo‘ldi

Foto: RIA Novosti

Tojikiston va Qirg‘iziston chegarachilari o‘rtasida yana otishma bo‘lib o‘tdi. Ayni vaqtda har ikki tomon vakillari bu borada muzokara olib bormoqdalar. Bu haqda Qirg‘iziston davlat chegara xizmati xabar bergan.

Qirg‘iz tomonining ma’lum qilishicha, bugun, 24 may sanasida Tojikistonga tegishli Vorux anklavi aholisi Qirg‘izistonning Botkent viloyati, Botkent tumaniga tegishli Mo‘ynoq qishlog‘i hududida chorva mollarini o‘tlatishga uringan. Qirg‘iziston chegara xizmati bunga qarshilik ko‘rsatgan va shundan so‘ng Tojikiston tomonidan noma’lum kimsa o‘t ochgan.

Shundan so‘ng mahalliy vaqt bilan soat 11:40 da har ikki davlat chegarachilari o‘rtasida qisqa muddatli otishma bo‘lib o‘tdi. Qirg‘iziston tomonidan hech kim bu otishma natijasida jabrlanmagan. Ayni vaqtda kelishmovchilik bo‘lgan hududda tinchlik o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 16 sentyabrida Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida otishma bo‘lgan va natijada Qirg‘iziston chegara xizmati xodimi vafot etgan edi. Har ikki davlat o‘rtasida 976 kilometrlik chegara mavjud bo‘lib, shundan faqat 504 kilometri bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Chegaraning qolgan hududida esa vaqti-vaqti bilan kelishmovchiliklar ro‘y berib turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring