Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tirannozavr skeleti yangi jahon rekordi o‘rnatilishiga sabab bo‘ldi

Tirannozavr skeleti yangi jahon rekordi o‘rnatilishiga sabab bo‘ldi

Foto: «Christie’s»

AQShda tirannozavrning eng katta skeletlaridan biri auksionga qo‘yilishi haqida xabar bergandik.

O‘sha skelet Nyu-Yorkdagi auksionda 31,8 mln dollarga sotildi — bu yangi jahon rekordi hisoblanadi, deb yozadi «Christie’s» saytida.

Sten nomli tirannozavrni 31 847 500 dollarga sotib olishdi. Uning boshlang‘ich narxi taxminan 6-8 mln dollarga baholangandi. Ushbu skelet eng to‘liq va eng yaxshi saqlangan tirannozavrlardan biri bo‘lib, u 188 ta suyakdan iborat.

Skelet bo‘laklarini 1987-yili Janubiy Dakotadagi qazuv ishlari paytida havaskor paleontolog Sten Sekrison topgan. Ekspertlarning fikricha, tirannozavrning og‘irligi 7-8 tonna bo‘lgan — bu Afrika fillaridan qariyb ikki baravar og‘irroq degani. Dinozavrning kurak tishlari 27 sm.dan uzunroq bo‘lgan.

Avvalgi rekord 1997-yilda o‘rnatilgandi. O‘shanda tirannozavrning skeleti auksionda Chikagodagi Fild tabiat tarixi muzeyiga 8,36 mln dollarga sotilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring