Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Telefon qalloblari pul o‘g‘irlashning yangi usulini o‘ylab topishdi

Telefon qalloblari pul o‘g‘irlashning yangi usulini o‘ylab topishdi

Foto: «RIA Novosti»

Firibgarlar telefon orqali pul o‘g‘irlashning yangi usulini o‘ylab topishdi. Bu haqda «Group-IB» kompaniyasi bosh direktori Ilya Sachkov «RIA Novosti» bilan suhbatda ma’lum qildi.

Sachkovning izohlashicha, yovuz niyatli kishilar bank mijozlaridan smartfonga masofadan boshqariluvchi dasturni o‘rnatishni so‘rashga urinishadi, shundan so‘ng mablag‘ni o‘g‘irlashadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yarim yil davomida «Secure Bank» tizimi har oyda o‘rtacha yangi nayranglar orqali jismoniy shaxslar hisob raqamlaridan pul mablag‘larini yechib olishning qariyb mingta urinishini qayd etadi.

Katta banklar uchun bu turdagi firibgarlik bo‘yicha o‘rtacha oylik zarar miqdori 6 — 10 million rublgacha bo‘lishi mumkin, — deydi Sachkov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring