Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tarzan»ni o‘ynagan aktyorning o‘g‘li onasini o‘ldirdi

«Tarzan»ni o‘ynagan aktyorning o‘g‘li onasini o‘ldirdi

Foto: «Ria.ru»

Keksa ayolning murdasi amerikalik aktyor Ron Elining Kaliforniya shtati Santa-Barbara okrugidagi uyidan topildi. Bu haqda «Lenta» xabar bergan.

Marhum Elining turmush o‘rtog‘i Valeri Landin ekanligi aniqlandi. Hodisa 15-oktyabr, seshanba kuni oqshom payti sodir bo‘lgan. «CNN» telekanalining ma’lum qilishicha, politsiyaga uydagi zo‘ravonlik haqida chaqiriq kelib tushgan. Huquq-tartibot organi xodimlari uyga yetib kelishganida, ular pichoqlangan Landinning murdasiga duch kelishadi.

Politsiyaga ko‘ra, Eli qotillikda o‘g‘illaridan birini ayblagan. Ta’kidlanishicha, gumonlanuvchini qo‘lga olishga uringanda u qarshilik ko‘rsatgan va otishma chog‘ida halok bo‘lgan.

Ron Eli 1966 — 1968-yillarda efirga uzatilgan «Tarzan» serialida bosh rolni ijro etgan. Shuningdek, u «Fantaziyalar oroli», «Mo‘’jizakor ayol», «Dok Sevij: bronza odam» va «Amishani kutish» kabi filmlarda suratga tushgan.

Valeri Landin — sobiq «Miss Florida». Ron Eli bilan nikohdan uch nafar bola dunyoga kelgan: Kirsten, Keytlend va Kemeron.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring