Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriyalik «ukrain voleybolchilari» oddiy narsani deb qo‘lga tushishdi

Suriyalik «ukrain voleybolchilari» oddiy narsani deb qo‘lga tushishdi

Foto: «Euronews»

Gretsiya politsiyasi «ukrainalik voleybolchilar» qiyofasida Shveysariyaga noqonuniy yo‘l bilan uchib ketishga uringan suriyalik muhojirlarni fosh qildi. Bu haqda «Euronews» xabar berdi.

Bu o‘n nafar muhojir voleybol jamoasi kiyimini kiyib olgan, yonlarida ukrain pasporti (ehtimol o‘g‘irlangan yoki yo‘qotilgan)  bo‘lgan. Tekshiruv chog‘i aniqlandiki, barcha pasportlar qalbaki ekan.

Eng qizig‘i, suriyaliklarning qo‘lida ikkita voleybol to‘pi ham bor edi. Ular shundan tuzoqqa tushishdi...

Giorgos Kalliakmanis. Foto: «Euronews»

«Afina aeroportida muhojirlar bilan bunaqa voqealar ko‘p bo‘lib turadi. Ayrimlari ruhoniylardek, ba’zilari esa ayollarning libosini kiyib olishadi... Hammasi jinoiy guruhlar bu muhojirlar Yevropa davlatlariga kirishi uchun qanaqa pasport topib berayotganiga bog‘liq. Bu suriyaliklar esa qo‘llarida voleybol koptogi bilan kelishibdi. O‘zingiz o‘ylang, haqiqiy sportchi hech zamonda samolyotga o‘zining koptogi bilan chiqadimi?», — deya voqeani izohlagan grek politsiyasi matbuot kotibi Giorgos Kalliakmanis.

Muhojirlar hibsga olinib, ishi Gretsiya sudiga oshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring