Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Suratga olish jarayonida meksikalik blogerni bexosdan otib qo‘yishdi

Suratga olish jarayonida meksikalik blogerni bexosdan otib qo‘yishdi

Foto: «Fraza.com»

Meksikada TikTok uchun videoni suratga olish paytida bloger Arelin Martinezni bexosdan otib qo‘yishdi, deya xabar berdi «Daily Mail».

Hodisa Chiuaua shahrida qiz o‘g‘rilashni sahnalashtirish paytida yuz bergan. Rolikda Arelin va uning yonida o‘tirgan erkak garovga olinganlar sifatida tasvirlangan. Yonida qurollangan «o‘g‘rilar» turishibdi. Ulardan biri bexosdan bloger qizning boshiga o‘q uzdi. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, otgan odam qurolning o‘qlanganini bilmagan.

Nashrning yozishicha, shundan so‘ng suratga olish jarayonining barcha ishtirokchilari hodisa joyini tark etishgan. Ulardan biri voqea haqida so‘zlab berish uchun politsiyani chaqirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring