Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sud xitoylik milliarderni boyga o‘xshab yashash huquqidan mahrum qildi

Sud xitoylik milliarderni boyga o‘xshab yashash huquqidan mahrum qildi

Foto: «AP Photo/Ted S. Warren»

Xitoyda sud «HNA Group» kompaniyasi rahbari milliarder Chen Fenyuga hashamatga pul sarflashni taqiqlab qo‘ydi, deb yozadi Gonkongning «South China Morning Post» gazetasi.

Ta’kidlanishicha, sudning mazkur qarori aviaqatnov, logistika, turizm, ko‘chmas mulk va moliyaviy operatsiyalar sohasidagi aktivlarga egalik qiluvchi xoldingning katta qarzlari bilan bog‘liq.

Sud qaroriga ko‘ra, tadbirkor ishi va kundalik hayotida zarur bo‘lmagan buyumlarni sotib ololmaydi. Jumladan, Chen Fenyuning samolyotlarda parvoz qilishi hamda tezyurar poyezdlarda yurishiga ruxsat yo‘q. Bundan tashqari, unga hashamatli kvartiralarni sotib olish, qimmatbaho ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, lyuks mehmonxonalarda tunab qolish taqiqlanadi. U, shuningdek, hashamatli idoralarni ijaraga olish va klublarga borish huquqidan mahrum etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring