Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bo‘lajak trillioner bir oyda ikki marta rekord o‘rnatdi

Bo‘lajak trillioner bir oyda ikki marta rekord o‘rnatdi

Foto: «Ngzv.ru»

«Amazon» kompaniyasi rahbari Jeff Bezosning mol-mulki 182,6 milliard dollarga yetdi. Bu bilan dunyoning eng boy odami yana bir tarixiy rekordni yangiladi, deb yozadi «Forbes» jurnali.

Bu iyul oyi boshidan beri ikkinchi rekord — 2-iyulda «Bloomberg Billionaires Index» reytingiga ko‘ra, Bezosning boyligi 171,6 milliard dollarga baholangandi.

Ushbu holat «Amazon» aksiyalarining bahosi ko‘tarilishda davom etayotganligi bilan izohlanmoqda — kuni kecha yana 2,7 foizga oshib, bir donasi 3081,11 dollarga yetdi, bu rekord natija hisoblanadi. Kompaniya kapitalizatsiyasi esa 1,54 trillion dollargacha ko‘tarilgan. Nashrning ta’kidlashicha, Bezos «Amazon» aksiyalarining 11,1 foiziga egalik qiladi. U 2017-yildan beri «Forbes»ning eng boy odamlari reytingini boshqarib kelmoqda.

May oyida «Comparisun» kichik biznes konsalting kompaniyasining taxmin qilishicha, Bezos trillion dollardan ko‘proq boylikka ega bo‘lgan birinchi shaxsga aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Bu 2026-yilda yuz berishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring