Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Soliq stavkalari eng past mamlakatlar aniqlandi (reyting)

Soliq stavkalari eng past mamlakatlar aniqlandi (reyting)

Foto: «Sibdom»

Soliq raqobatbardoshligi xalqaro indeksi (ITCI) mamlakatlarning soliq tizimi ikki muhim jihat: raqobatbardoshlik va neytrallik talablariga qanchalik javob berishini ko‘rsatib beradi. Bu jihatdan soliq stavkalari eng past mamlakat — Estoniya olti yildan beri reyting yetakchiligini saqlab qolmoqda.

Ko‘rib turganingizdek, soliqlar eng past mamlakatlar (Top-10) — Estoniya, Yangi Zelandiya, Latviya, Litva, Shveysariya, Lyuksemburg, Avstraliya, Shvetsiya, Niderlandiya va Chexiya.

Ushbu reytingda Fransiya eng oxirgi o‘rinda qayd etildi. Undan sal tepada — Polsha, Italiya, Portugaliya va Chili.

Rossiya va MDH mamlakatlarini tahlilchilar reytingga kiritib ham o‘tirishmadi.

Ma’lumot uchun: AQShda 1937-yili asos solingan «Tax Foundation» markazining ushbu indeksi so‘nggi yillarda jismoniy va yuridik shaxslarga tushayotgan soliq yuklari qanchalik og‘irlashib borayotganini ko‘rsatadi. Indeksni tuzishda har bir mamlakatning ko‘rsatkichlari besh sohada ko‘rib chiqiladi: korporativ soliqlar, individual daromad soliqlari, iste’mol soliqlari, ko‘chmas mulkka solinadigan soliqlar hamda xorijdan olingan daromadga solinadigan soliqlar.

Indeks (ingliz tilida) bilan ushbu ilova orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring