Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Soliq propiskasi»: Trampni Floridaga «ko‘chishga» nima majbur qildi?

«Soliq propiskasi»: Trampni Floridaga «ko‘chishga» nima majbur qildi?

Foto: «Rueconomics.ru»

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z soliq hujjatlarini Nyu-York shtatidan Floridaga ko‘chirdi, deya xabar berdi «REGNUM». Amerika lideri ushbu qarorini nyu-yorklik siyosatchilarning o‘ziga nisbatan yomon munosabatda bo‘lgani bilan izohladi.

«Men va oilamning doimiy qarorgohi endi Palm-Bich, Floridada. Men Nyu-York va uning aholisini doim hurmat qilaman, biroq, afsuski, shahar va shtat budjetiga millionlab to‘lashimga qaramasdan, mahalliy siyosatchilar menga juda yomon munosabatda bo‘lishdi», — dedi u tvitterida.

Tramp o‘z «soliq propiskasi»ni o‘zgartirsa-da, Nyu-York va uning ajoyib insonlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring