Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sobiq onkolog. Urugvay prezidentida o‘pka saratoni aniqlandi

Sobiq onkolog. Urugvay prezidentida o‘pka saratoni aniqlandi

Tabare Vaskes.

Foto: «Reuters»

Shifokorlar tibbiy ko‘rik paytida Urugvay prezidenti Tabare Vaskesning o‘ng o‘pkasida xavfli o‘smani aniqlashdi. Buni matbuot anjumanida prezidentning o‘zi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Reuters» agentligi.

«Skanyerlash vaqtida o‘ng o‘pkamda xavfli o‘sma aniqlandi... Bu navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tayotganimda fosh bo‘ldi. Shu munosabat bilan mamlakatning barcha fuqarolariga tibbiy ko‘rikdan o‘tishni maslahat beraman», — deydi u.

O‘zi ham onkolog bo‘lib faoliyat yuritgan Vaskesning aytishicha, to‘liq tekshiruvlardan o‘tish uchun bir-ikki kun shifoxonada qoladi. Shunga qaramay, u ahvoli yomonlashmaganini va saratonga xos alomatlarni his qilmaganini ta’kidlagan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring