Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq bosh vazirning qizi sudda javob berishiga to‘g‘ri keladi

Sobiq bosh vazirning qizi sudda javob berishiga to‘g‘ri keladi

Foto: «Mail.ru»

Malayziya sobiq bosh vazirining qizi Nurian Najibga nisbatan soliqlarni to‘lamaslik aybi e’lon qilindi, deb yozmoqda «The Straits Times».

Mazkur ish 12-sentyabr kuni sudda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi. Najibga qarshi Malayziya ichki daromadlar boshqarmasi da’vo bilan chiqqan.

Unga ko‘ra, Najib 2011-yildan boshlab olti yil davomida soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan. Jami 10,3 mln ringgit ($2,4 mln.) soliq to‘lamagan.

Eslatib o‘tamiz, Najib Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani — Doniyor Kesikbayev bilan 2015-yili turmush qurgan. Uning otasi Najib Tun Razzoq bir qancha jinoiy ishlar, jumladan, soliqlarni to‘lamaslik bo‘yicha figurant hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring