Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yigit vafot etgan otasining yonida uylanishga qaror qildi

Yigit vafot etgan otasining yonida uylanishga qaror qildi

Foto: «KOMPAS.com»

Indoneziyalik Romadoni Putra Pratama to‘y boshlanishidan besh soat oldin vafot etgan otasining murdasi yonida uylanishga ahd qildi. Bu haqda «Kompas» milliy gazetasi xabar bergan.

Aslida to‘y boshqa kunga belgilangandi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli to‘yni boshqa kunga o‘tkazishga to‘g‘ri kelgan. Natijada to‘y kuni 10-iyulga belgilangan.

Ammo o‘sha kuni kuyovning otasi mashg‘ulot paytida birdan kasal bo‘lib qolgan. Uni tezda shifoxonaga yetkazishgan. Biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qolisholmagan. Ota insultdan vafot etgan.

Kuyovning so‘zlariga ko‘ra, otasiga o‘xshashni juda-juda xohlagan. Vafot etgan otasining yonida uylanish orqali unga ehtirom ko‘rsatishni niyat qilgan.

Romadoni to‘yi kuni otasi yonida bo‘lib, uylanishiga guvoh bo‘lganiga ishonadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring