Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qaysi sanada tug‘ilgan? Sommaruga o‘zi bilan bir kunda tug‘ilganlarni yubileyni birga nishonlashga taklif etdi

Prezident qaysi sanada tug‘ilgan? Sommaruga o‘zi bilan bir kunda tug‘ilganlarni yubileyni birga nishonlashga taklif etdi

Foto: «Nasha gazeta»

Shveysariya prezidenti Simonetta Sommaruga o‘zi bilan bir yil va bir sanada tug‘ilgan barcha vatandoshlarini yubileyni birga nishonlashga taklif etdi, deb yozmoqda «The Local».

Mamlakat Sotsial-demokratlar partiyasi vakili, prezident Simonetta Sommaruga shu yilning 14-may kuni 60 yoshga to‘ladi.

Sommaruga ushbu sanani Bern atrofidagi manzillardan birida qarshilash niyatida. Yubileyga shu kuni 60 yoshga to‘ladigan barcha shveysariyaliklar taklif etildi. Xohlovchilar maxsus saytda, pasport nusxalarini ilova qilgan holda, ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.


Mavzuga oid: Shveysariyada «bir yillik» yangi prezident ishga kirishdi


Ma’lumotlarga ko‘ra, Shveysariyada 1960-yili 94 372 kishi dunyoga kelgan, ya’ni bir kunga 258 kishi to‘g‘ri keladi. Demak, prezident Sommaruga taxminan shuncha odamga atab dasturxon yozish tadorigini ko‘raversa ham bo‘laveradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring