Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Foto: «Sinxua»

Xitoy shimoli-g‘arbida, Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanidagi Szyashi uyezdida 6,4 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda «Sinxua» agentligi bugun, 20-yanvar kuni Xitoyning seysmologik tarmoqlar markaziga asoslanib xabar tarqatdi.

Zilzila o‘chog‘i 39,83 daraja shimoliy kenglik, 77,21 daraja sharqiy uzunlikda joylashgan bo‘lib, yer ostining 16-kilometrida sodir bo‘lgan.

Halok bo‘lganlar haqida xabar kelib tushmagani aytilmoqda.

Tezkor xizmatlar: qutqaruvchilar, o‘t o‘chiruvchilar hamda elektr ta’minoti va temir yo‘l xodimlari zilzila yetkazgan talafotlarni o‘rganmoqda.

Foto: «Sinxua»
Foto: «Sinxua»
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring