Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreyaning «eng ashaddiy raqibi» qaysi davlat ekani aytildi

Shimoliy Koreyaning «eng ashaddiy raqibi» qaysi davlat ekani aytildi

KXDRning haqiqiy dushmani — bu AQSh, Janubiy Koreya emas. U shunchaki ittifoqdoshidan «foydalanmoqda», deyiladi Koreya Markaziy Telegraf agentligida chop etilgan xalqaro siyosatga oid maqolada.

«Janubiy Koreyadan foydalangan holda o‘z maqsadini amalga oshirishni rejalashtirayotgan Qo‘shma Shtatlar  — bu ko‘zlarini o‘z barmoqlari bilan o‘yib olmoqchi bo‘lgan odamning bema’ni harakatiga o‘xshaydi», — deb yozadi agentlik siyosiy sharhlovchisi Kim Myong Chol.

Qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar va Janubiy Koreya rasmiylari o‘zlarining «tajovuzkor ambitsiyalari»ni aniq ochib berishgan.

Avvalroq, KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakatdagi so‘nggi yillardagi vaziyatni «tarixdagi eng qiyini» deb ta’riflagani ma’lum qilingandi. Yevropaning maxsus tahlilchilariga ko‘ra, bu bayonot shimollik liderning «taslim» bo‘lganini yoki KXDRda chuqur iqtisodiy inqiroz yaqinlashayotganini anglatishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring