Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreya matbuoti xalqaro maydondagi vaziyatni qanday yoritmoqda?

Shimoliy Koreya matbuoti xalqaro maydondagi vaziyatni qanday yoritmoqda?

Foto: «Reuters»

KXDR matbuoti xorij mamlakatlari siyosiy hayotini yoritmayapti. Buning sabablari haqida «Kunmin universiteti (Janubiy Koreya) professori Andrey Lankov «REGNUM» axborot agentligi muxbiriga so‘zlab berdi.

«Shimoliy Koreya matbuoti xorij xabarlari deyarli tabiiy ofatlar, epidemiyalar, halokatlar va ishlab chiqarishdagi avariyalardan iborat. Masalan, AQShdagi saylovlarni yozishmadi. Chet mamlakatlarning siyosiy hayoti haqida yangiliklar berishni butunlay to‘xtatishdi. KXDRda chop etilgan gazetani varaqlab na Brexit, na AQShdagi prezidentlik saylovlariga ko‘zingiz tushadi. Ammo Nigeriyada avtobus daryoga qulab tushgani-yu Papua-Yangi Gvineyada zilzila yuz berganini albatta bilib olasiz. Men buni oxirgi chop etilgan nashrlar misolida keltiryapman», — dedi professor.

Lankov bu holatni Shimoliy Koreya hukumati mamlakat yopiqlik siyosatini yanada kuchaytirishga zo‘r berayotgani bilan izohladi:

«Bularning hammasi Kim Chen Inning so‘nggi yadroviy inqirozgacha amalga oshirgan islohotlariga to‘liq mos keladi. Rejali xo‘jalikka qarab ketilyapti. Iqtisodiyot ustidan davlat nazoratini kuchaytirib, «xalq ommasini ruhlantirib» hamda «fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini jalb etib» iqtisodiyotni tiklashga urinishyapti».

O‘z fuqarolari qo‘shni mamlakatlar xalqlari qanday yashayotganini bilishlari KXDRdagi siyosiy barqarorlik uchun qanchalik xavfli ekanini Kim Chen In yaxshi tushunadi, deya ta’kidladi Lankov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring