Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sayyoramizdagi eng keksa ayol vafot etdi

Sayyoramizdagi eng keksa ayol vafot etdi

Foto: TASS

Rossiyaning Astraxan viloyatida yashovchi, dunyodagi eng keksa ayol sifatina tan olingan Tanzilya Bisembeyeva vafot etdi, deb xabar berdi «Rossiyskaya gazeta».

Tanzilya Bisembeyeva Astraxan viloyatining Krasnoyarsk tumanida, o‘zi tug‘ilib o‘sgan Alcha posyolkasida dafn etildi. Bisembeyeva 2016-yili rasman dunyodagi eng keksa ayol sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan edi.

Onaxon yana olti oydan so‘ng 125 yoshga kirgan bo‘lardi.

Uch asrni ko‘rgan Tanzilya Bisembeyeva qator tarixiy voqealar guvohi: inqilob, ikkita jahon urushi, sobiq ittifoqning tarqab ketishi. Sakkiz farzandli oilaning to‘ng‘ichi bo‘lgan. O‘zining esa uch o‘g‘li, 10 nafar nevarasi, 25 nafar chevarasi, ikki nafar evarasi bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring