Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sayyoh aeroportda ortiqcha yuk uchun pul to‘lamaslik yo‘lini topdi

Sayyoh aeroportda ortiqcha yuk uchun pul to‘lamaslik yo‘lini topdi

Foto: «Facebook»

Uddaburon yo‘lovchi ortiqcha yuk uchun pul to‘lamaslik yo‘lini topdi va chamadonidagi kiyimlarning bir qismini egniga kiyib oldi. Bu haqda «Rambler» xabar berdi.

Gel Rodriges ro‘yxatga olish peshtaxtasiga chamadoni bilan kelganida aeroport xodimi uning yuki haddan tashqari og‘ir ekanini ma’lum qiladi. Shunda sayohatchi qiz sumkasini ochib, kiyimlarini ustma-ust kiya boshlaydi.

Shu tariqa Rodriges umumiy og‘irligi 2,5 kilogramm keladigan uchta shim va shortik, beshta ko‘ylak va uchta kurtkani egniga kiyib oladi. Qiz shu ko‘rinishda samolyot sari yuradi.

Keyinroq u egnidagi kiyimi bilan rasmga tushib, ijtimoiy tarmoqlarga joyladi. Qizning posti virus kabi tarqalib, ko‘plab izohlarga sabab bo‘ldi.

Bu sayohatchilar aeroportda ortiqcha yukka pul to‘lamaslik uchun kiyimlarning bir qismini kiyib olgan birinchi holat emas. Mana, masalan, iyulda shotlandiyalik Jon Irvin oilasi bilan «EasyJet» aviakompaniyasida Nitssadan Edinburgga qaytib kelayotganda sakkiz kilo kiyimni egniga kiyib olishgan. Ro‘yxatga olish peshtaxtasida sayyohga uning yuki ruxsat etilganidan sakkiz kilo oshib ketganini ma’lum qilishadi. Biroq Irvin ortiqcha yukka pul to‘lashdan bosh tortgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring