Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistonida COVID-19 vaksinatsiyasi bepul amalga oshiriladi

Saudiya Arabistonida COVID-19 vaksinatsiyasi bepul amalga oshiriladi

Foto: «Arabnews.com»

Saudiya Arabistonida koronavirusga qarshi vaksinatsiya bepul bo‘ladi. Bu haqda qirollik sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga tayanib «Al-Ekhbariya» davlat telekanali xabar berdi.

«Koronavirusga qarshi vaksina qirollikda hamma uchun bepul bo‘ladi», — deyiladi vazirlik bayonotida.

Saudiya sog‘liqni saqlash vazirligi, shuningdek, koronavirusga qarshi vaksina 2021-yilning oxirigacha qirollik aholisining 70 foizini emlashga imkon berishidan umid qilmoqda.

Avvalroq qirol Salmon nomidagi insonparvarlik masalalari bo‘yicha markaz bosh direktori Abdulla ar-Rabia jurnalistlarga qirollik koronavirusga qarshi eng muvaffaqiyatli chiqqan vaksinani dunyoda birinchilardan bo‘lib olmoqchi ekanligini bildirgan.

Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, qirollikda COVID-19 bilan kasallanganlar soni jami 355 489 kishiga yetdi, 343 816 kishi tuzaldi, 5796 bemor vafot etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring