Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saudiya Arabistoni qo‘shinida ayollardan iborat birinchi bo‘linma paydo bo‘ldi

Saudiya Arabistoni qo‘shinida ayollardan iborat birinchi bo‘linma paydo bo‘ldi

Foto: «arabnews.com»

Saudiya Arabistoni qurolli kuchlari safida faqat ayollardan iborat birinchi harbiy bo‘linma o‘z faoliyatini boshladi, deya xabar berdi «Arab News» gazetasi.

Gazetada yozilishicha, «Saudiya Arabistoni qurolli kuchlari shtab boshlig‘i general Fayyad ar-Ruvayli Saudiya armiyasida birinchi ayol harbiy bo‘linmasiga start berdi».

2019-yil oktyabrda Saudiya Arabistoni hukumati ayollarga quruqlik kuchlari, harbiy-havo kuchlari, harbiy-dengiz kuchlari, havo mudofaasi kuchlari, tibbiy xizmat va strategik raketa kuchlari safiga kichik kapral, kapral, serjant va shtab serjanti sifatida qo‘shilishiga ruxsat bergandi.

Saudiya Arabistoni qiroli Salmonning o‘g‘li shahzoda Muhammad taxt vorisi bo‘lgandan buyon qirollikda juda ko‘p o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu, birinchi navbatda, ayollarning jamiyatdagi o‘rniga ta’sir ko‘rsatdi. Ayollarga mashina boshqarishga, sport musobaqalarini tomosha qilish uchun maydonlarga borishga, armiya va politsiyada xizmat qilishga ijozat berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring