Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada xavfli «qora mog‘or» kasalligi qayd etildi

Rossiyada xavfli «qora mog‘or» kasalligi qayd etildi

Rossiyada COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda xavfli «qora mog‘or» xastaligi qayd etildi.

Bu kasallik koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashuvi fonida Hindistonda keng tarqalgandi. 

Infeksiya burun, ko‘z va nafas olish tizimiga ta’sir qiladi. Kasallik burun bo‘shlig‘i va unga yondosh a’zolarda rivojlanib, tarqaladi. Bemorlar vaqtida davolanmasa to‘satdan o‘lim sodir bo‘lishi mumkin. Aytish joizki, «qora mog‘or»dan o‘lim darajasi koronavirusdan ko‘ra ancha ko‘p. 

Mutaxassislarga ko‘ra, ushbu kasallik asosan immuniteti past kishilarni nishonga oladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring