Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya o‘rmonlarini xitoyliklar yoqqanmi? Hindiston Sibir yog‘ochiga da’vo qilmoqda

Rossiya o‘rmonlarini xitoyliklar yoqqanmi? Hindiston Sibir yog‘ochiga da’vo qilmoqda

Foto: «RIA Novosti»

Sibir va Uzoq Sharqda kesilayotgan yog‘ochga Xitoydan so‘ng Hindiston ham da’vo qila boshladi. Hind delegatsiyasi 11-13 avgustda Vladivostokda bo‘ldi va yog‘och eksporti bo‘yicha muzokara olib bordi.

Hindiston ichki bozordagi yog‘och yetishmovchiligini Rossiya o‘rmonlari hisobiga qondirmoqchi. Shu bilan birga hind hukumati Rossiyada, xususan Uzoq Sharqdagi qo‘shma korxonalarda faoliyat yuritayotgan hindistonlik ishchilarga qo‘shimcha imtiyozlar joriy etilishini istayapti.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Rossiya yog‘ochining asosiy xaridori Xitoy hisoblanadi. BMT tomonidan xabar qilinishicha, yog‘och bozorining 39 foizi Xitoyga tegishli. O‘z navbatida Rossiya yog‘och eksporti bo‘yicha yetakchilar sirasiga kiradi.

Ammo Rossiya tabiat vaziri Dmitriy Kobilkin tomonidan bayonot berilishicha, yaqin vaqtlar ichida Xitoyga yog‘och sotish taqiqlanishi mumkin. Vazirning so‘zlariga ko‘ra Xitoy tomoni o‘rmonlarni noqonuniy kesilishi va qayta tiklanishi muammosini hal etishga o‘z hissasini qo‘shishi lozim. Biroq Rossiya - Xitoy chegarasi haddan tashqari uzun bo‘lgani bois yog‘och olib chiqib ketishda noqonuniy harakatlar kuzatilmoqda.

Rossiya bosh prokuraturasi tomonidan xabar qilinishicha, o‘rmonlar noqonuniy kesilishini yashirish maqsadida ataylab o‘t qo‘yib yuborilishi esa Sibirda yuzaga kelgan yong‘inlar sabablaridan biridir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring