Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramzan Qodirov o‘zini Nobel mukofotiga loyiq deya hisoblaydi

Ramzan Qodirov o‘zini Nobel mukofotiga loyiq deya hisoblaydi

Foto:RIA «Novosti»

Checheniston prezidenti Ramzan Qodirovning ta’kidlashicha, unga mintaqada terrorizm bilan kurashishda erishgan muvaffaqiyatlari sabab Nobel mukofotini berishlari kerak. Bu haqda «Interfaks yozmoqda.

Qodirovning aytishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning rahnamoligida hududda tinchlik va terrorizm ustidan g‘alabaga erishildi. «1,5 million aholi tinch va osuda yashamoqda, rivojlanmoqda. Qarang, bu paytda Afg‘oniston va Liviyada odamlar halok bo‘lyapti» -, degan Qodirov. 

Shuningdek, u Yaqin Sharqni «eplay olmayotgan» AQSh sanksiyalariga duchor bo‘lganini ham gapirib o‘tgan. Shunday sharoitda Qodirov va yaqinlariga cheklovlar joriy etilishini adolatsizlik deb atagan. 

Eslatib o‘tamiz, Chechenistonda «inson huquqlari buzilishi» sabab sifatida keltirilib, Ramzan Qodirov va uning yaqinlariga sanksiyalar joriy etilgandi. Checheniston lideri bunga munosabat bildirar ekan, AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoni qotillik buyurtmachisi ekanlikda ayblagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring