Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Quvaytlik bloger koronavirus davosi uchun 3,2 milliard dollar talab qilyapti

Quvaytlik bloger koronavirus davosi uchun 3,2 milliard dollar talab qilyapti

Foto: «News.liga.net»

Quvaytlik taniqli bloger va jamoat arbobi Salva al-Matiri yangi turdagi koronavirusni davolashda o‘zi ishlab chiqqan davo usuli uchun bir milliard Quvayt dinori (qariyb 3,2 milliard dollardan ziyod) talab qildi. U davo usuli qayd etilgan mehnatini Quvaytdagi Xitoy elchixonasiga olib borgan. Bu haqda al-Matirining o‘zi «Snapchat» ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan, deb yozadi «IA Novosti».

«Men Xitoy elchixonasi yonida turibman. Bu yerga koronavirusni davolash usullari haqidagi qaydnomalarni taqdim etish uchun keldim», — deydi al-Matiri Xitoyning Quvaytdagi elchisi nomiga yozilgan qog‘ozlarni namoyish qilar ekan.

Xitoy elchixonasiga kelishdan oldin al-Matiri «Youtube»dagi o‘zining kanaliga videoyozuvni joylagan: koronavirusni davolash usulini baham ko‘rishi uchun bankdagi hisob raqamiga bir milliard Quvayt dinori (qariyb 3,2 milliard dollar) o‘tkazishlarini talab qilgan. Bu internet foydalanuvchilarining bahs-munozaralariga sabab bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring