Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurol savdosining «kattasi» Portugaliyada qo‘lga tushdi

Qurol savdosining «kattasi» Portugaliyada qo‘lga tushdi

Foto: «Le Soir»

Dunyodagi eng yirik qurol savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslardan biri, belgiyalik Jak Mesye, nihoyat, Portugaliyada hibsga olindi, deb xabar berdi «Le Soir».

Ma’lumotda keltirilishicha, Mesye Belgiya, Portugaliya va Fransiya huquq-tartibot organlari hamkorligida qo‘lga olingan.

2006—2009-yillarda Liviya, Chad, Pokiston va Eronga qurol-yarog‘, o‘q-dori, tank, vertolyot, samolyot va boshqa harbiy texnika vositalarini yetkazib bergan Mesye qidiruvda edi, 2017 yili u uch yil qamoq jazosi hamda 300 ming yevro miqdorida jarimaga tortilgandi.

2018-yilning oktyabrida sud unga nisbatan to‘rt yillik qamoq jazosi tayinlab, jarimani 1,2 mln yevroga oshirgandi.

Juma kuni unga sud hukmi o‘qiladi, shundan so‘ng Belgiyaga ekstraditsiya qilinishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring