Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonliklar benzin eng arzon mamlakatlar reytingini tuzishdi va 11-o‘rinni olishdi

Qozog‘istonliklar benzin eng arzon mamlakatlar reytingini tuzishdi va 11-o‘rinni olishdi

Foto: «EADaily»

«Ranking.kz» tahlilchilari benzin narxiga qarab mamlakatlar reytingini tuzishdi. Qozog‘istonning o‘zi bu reytingda benzin arzonligi bo‘yicha dunyoda 11-o‘rinni egallagan.

13-aprel holatiga, jahonda AI-95 benzinining o‘rtacha narxi 0,95 AQSh dollariga yoki 404,5 tengega baholangan.

«Ranking.kz»

Dunyodagi eng arzon benzin Venesuelada — 1 tengedan ham oz.

Keyingi o‘rinlarda Eron (0,09 AQSh dollari yoki 39,2 tenge) va Sudan (0,14 AQSh dollari yoki 59,6 tenge).

TOP-5likda Angola (0,28 dollar) va Malayziya (0,29 dollar) ham bor.

Qozog‘iston 1 litr benzinning (AI-95) o‘rtacha 174 tenge (0,41 dollar) narxi bilan global reytingda 11-o‘rinni band etgan — bu MDH mamlakatlaridagi eng yaxshi ko‘rsatkich, deyilmoqda.

Misol uchun, Rossiyada 1 litr benzin 265,8 tenge (0,62 dollar), Turkmanistonda — 183,4 tenge, Ozarbayjonda — 201,4 tenge, Qirg‘izistonda — 230,2 tenge.

Qozoqlar reyting tuzishida manba bo‘lgan «GlobalPetrolPrices»dan olingan 13-aprelgi ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda benzinning (AI-95) 1 litri 0,69 dollarga teng — Kanadanikidan sal qimmat, Meksikanikidan sal arzon. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring