Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston prezidenti YOII kelajagi borasida Moskvaga ma’qul kelmaydigan gap qildi

Qozog‘iston prezidenti YOII kelajagi borasida Moskvaga ma’qul kelmaydigan gap qildi

Foto: «Kommersant’»

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII)  faqat iqtisodiy birlashma bo‘lib qolishi lozimligini ta’kidladi.

Rossiyaning «Komsomolskaya pravda» gazetasiga intervyusida To‘qayev bir qator dolzarb masalalar qatorida, YeOIIning  ertangi kuni borasida ham mulohazalari bilan bo‘lishar ekan, mazkur tuzilma, deylik, Yevropa ittifoqi kabi siyosiy birlashma bo‘la olmasligiga urg‘u berdi. 

«Biz uchun YeOII o‘z nomi bilan iqtisodiy ittifoq sifatida ahamiyatlidir. Hamkorlik robitalarini kuchaytirish, tovar, xizmat va ishchi kuchining umumiy bozorini yaratish hamda a’zo mamlakatlarning sarmoyaviy imkoniyatlarini kuchaytirish orqali biz YOII global miqyosdagi samarali tuzilmaga aylantirishimiz mumkin», – dedi Qozog‘iston rahbari.  

Qosim-Jo‘mart To‘qayev tuzilma atrofidagi keskin bahslar haqida gapirar ekan, bundan fojia yasamaslik kerakligi, aksincha, befarqlikdan qo‘rqish kerakligini aytdi.

Qayd etilishicha, Qozog‘istonning Rossiya va Belarus ishtirokidagi ittifoqchi davlat tuzilmasiga ham kirish niyati yo‘q.

Sir emas, YeOIIning tashabbuskori bo‘lgan Rossiya mazkur tuzilmani har jihatdan, shu jumladan, siyosiy jihatdan ham kuchaytirishga intilmoqda. Bu esa a’zo hamda kuzatuvchi maqomdagi mamlakatlarda milliy suverenitetni saqlab qolish borasida xavotirlarni kuchaytirmoqda.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev so‘nggi ikki hafta ichida YeOII borasida ikkinchi bor rasmiy Moskva pozitsiyasiga to‘g‘ri kelavermaydigan gap aytmoqda. U joriy yil 19-may kuni YOIIga a’zo mamlakatlar rahbarlarining onlayn-sammitida milliy suverenitet masalasini ko‘targan edi.

Xalqaro tuzilmaning 2025 yilga qadar rivojlanish strategiyasi xususida fikr bildirar ekan, prezident To‘qayev YOII doirasidagi integratsiya a’zo mamlakatlar suverenitetiga daxl qilmasligi lozimligini ta’kidlagan edi. Qozog‘iston rahbariga ko‘ra, integratsiya yo‘lidagi sa’y-harakatlar, jumladan, taklif etilayotgan taraqqiyot strategiyasi eng avvalo milliy-huquqiy tizimlar ustuvorligiga tayanishi lozim. Aks holda, bu jarayon milliy hukumat va parlamentlarning suveren huquqlari poymol etilishiga olib keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring