Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qotil jasadni yashirish niyatida butun bir o‘rmonning kulini ko‘kka sovurdi

Qotil jasadni yashirish niyatida butun bir o‘rmonning kulini ko‘kka sovurdi

Foto: «20 minutos»

Ispaniyada noma’lum jinoyatchining murdani yashirishga urinishi taxminan uch ming gektar o‘rmonning kulini ko‘kka sovurgan katta yong‘inga sabab bo‘lgan. Bu haqda «20 minutos» nashri xabar bergan.

Yong‘in o‘tgan yili yozda Kuenka provinsiyasida sodir bo‘lgan. O‘shanda 2,8 ming gektar o‘rmon yonib kul bo‘lgandi. Tergovchilar deyarli bir yil davomida uning sababini aniqlashga urinishdi.

Shu hodisa bilan bir vaqtda provinsiyada g‘oyib bo‘lgan Ekvador fuqarosini topishga urinishgan. U rozmarin teruvchi korxonada pudratchi bo‘lgan. Huquqni muhofaza qilish organlari Kardenete munitsipalitetidagi o‘rmondan erkakning qoldiqlarini topishgan. Taxminlarga ko‘ra, uni qatl etishgan.

Hozir teruvchilar jamoasidagi ishchilardan biri bo‘lgan Mali fuqarosi jinoyatchilikda gumon qilinmoqda. Politsiya afrikalik ikki nafar sherigini allaqachon qo‘lga olgan — faqat qotilning o‘zi qochishga ulgurgan. Huquqni muhofaza qilish organlari uni hibsga olish uchun xalqaro order berishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring