Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Oq qamal»: Fransiyada qish boshlanib ketdi

«Oq qamal»: Fransiyada qish boshlanib ketdi

Foto: BFMTV

Fransiyada so‘nggi 20 yildagi eng ko‘p qor yog‘di: mamlakat janubi-g‘arbidagi 200 mingdan ortiq uylar elektr tarmog‘idan uzilib qoldi. Bu haqda BFMTV telekanali xabar berdi.

Bunaqa qor yog‘ishi 20 yil oldin kuzatilgandi.

«Enedis» elektr kompaniyasi ma’lum qilishicha, ko‘p joylarda qor og‘irligiga dosh bermagan daraxtlar qulab, elektr simlarini uzib yuborgan. Buning oqibatida Drom, Ardesh, Izer va Ron departamentlarida yashovchilar elektrsiz qolishgan.

Foto: BFMTV

Ob-havo injiqliklari Izer departamentida 63 yoshli erkakning o‘limiga sabab bo‘ldi: yo‘lni kurayotgan bu erkakning ustiga daraxt qulab tushgan.

Foto: BFMTV

Telekanal xabariga ko‘ra, o‘ta ko‘p qor yog‘ishi va muzlash temir yo‘llar va avtomobil yo‘llarida muammolarni keltirib chiqargan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring