Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qobulda bosh vazir Abdulla Abdullaga suiqasd uyushtirildi

Qobulda bosh vazir Abdulla Abdullaga suiqasd uyushtirildi

Illyustrativ foto.

Qobulda Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdulla va boshqa siyosatchilar ishtirok etgan tadbirda portlash sodir bo‘lgan. Bu haqda TOLOnews nashri xabar berdi.

Ular Hizb-e Vahdat partiyasi rahbari Abdul Ali Mazariyning vafoti munosabati bilan uyushtirilgan juma tadbiriga yig‘ilgan bo‘lgan. 

Ichki ishlar vazirligi vakili Nusrat Rahimiyning aytishicha, voqea oqibatida kamida 18 kishi jarohat olgan. Asosiy hujum hukumat rahbari Bosh vazir Abdulla Abdullaga qaratilgan bo‘lgan.

Vazir Abdulla Abdulladan tashqari sobiq prezident Hamid Karzay, Muhammad Karim Xalili, Bosh  Muhammad Moxakik va boshqa bir qator siyosatchilar ham tadbirda ishtirok etishayotgan bo‘lgan.

Caption

Jangarilar ushbu hududda qurilayotgan binodan hujum qilishgan. Hujum uchun javobgarlikni hech bir guruh o‘z zimmasiga olgani yo‘q.

Tolibon hujumga aloqadorligini rad etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring