Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonning yangi bosh vaziri ukasini hokimlik lavozimidan chetlatdi

Qirg‘izistonning yangi bosh vaziri ukasini hokimlik lavozimidan chetlatdi

Foto: elgezit.kg

Qirg‘iziston bosh vaziri Ulug‘bek Maripovning lavozimga tayinlanishi bilan amalga oshirgan dastlabki ishi o‘zining qondosh ukasi Baxitbek Maripovni O‘sh viloyati, Novqat tumani hokimligi lavozimidan chetlatish bo‘ldi. Bu haqda «24.kg» xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ulug‘bek Maripov manfaatlar to‘qnashuvi sodir bo‘lmasligini ta’minlash uchun ham shunday qaror qabul qilgan.

Qirg‘izistonda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari ijro hokimiyatining bir qismi hisoblanadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosh vazirga bo‘ysunadi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 3-fevralda Qirg‘iziston parlamenti 41 yoshli Ulug‘bek Maripov nomzodini bosh vazir lavozimiga tasdiqladi. O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov shu kuni Ulug‘bek Maripovga tabrik maktubini yo‘lladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring