Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘iz-tojik chegarasida yana o‘q uzildi

Qirg‘iz-tojik chegarasida yana o‘q uzildi

Foto: DW

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida o‘q uzildi. Oqibatda qirg‘iz qurolli kuchlari harbiysi yaralandi, deya yozmoqda «24.kg» nashri.

Voqea Botken viloyati chegarasida yuz bergan. Noma’lum shaxs Qirg‘iziston tomonga o‘q uzgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘q ov qurolidan uzilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyi oxirlarida ham Tojikiston bilan chegarada qurolli mojaro chiqqandi.

2019-yilning 16-sentyabrida Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida sodir bo‘lgan otishmada Qirg‘iziston chegara xizmati xodimi vafot etgan edi. Har ikki davlat o‘rtasida 976 kilometrlik chegara mavjud bo‘lib, shundan faqat 504 kilometri bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Chegaraning qolgan hududida esa vaqti-vaqti bilan nizolar ro‘y berib turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring