Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qaysi davlat mudofaaga eng ko‘p xarajat qilmoqda?

Qaysi davlat mudofaaga eng ko‘p xarajat qilmoqda?

Foto: «Zen.yandex.ru»

O‘tgan yili dunyoda mudofaa xarajatlari $1,8 trln.dan oshib ketdi. Bu ko‘rsatkich Yevropa mamlakatlarining harbiy xarajatlari oshishiga asoslanadi.

«Regnum»ning xabar berishicha, jahonning aksariyat hududlarida pasayish kuzatilgan, biroq Yevropa mamlakatlarida mudofaa xarajatlari 5,2 foizga oshgan. 2019-yilda harbiy budjeti eng ko‘p oshgan o‘nta davlatdan oltitasi Yevropada joylashgan. Bunda, ayniqsa, Bolgariyaning ko‘rsatkichlariga (125 foiz) alohida e’tibor berish zarur. Ekspertlarning prognoziga ko‘ra, Yevropa mamlakatlarining mudofaaga ajratgan umumiy xarajati yaqin ikki yilda $300 mlrd.dan oshib ketadi.

O‘tgan yili G‘arbiy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari harbiy budjeti 4  va 12 foizga oshgan. Boz ustiga, Sharqiy Yevropada bu xarajatlar 2014-yildan beri ikki baravar ko‘tarilgan. Germaniya va Shvetsiya mudofaa xarajatlarini 11 va 9 foizga oshirgan.

Eng katta mudoffa budjetiga ega o‘nta mamlakatdan uchtasi Yevropa davlati bo‘lib, ular 5, 6, 7-o‘rinlarni egallaydi. Harbiy xarajatlarga Buyuk Britaniya $56 mlrd, Fransiya $53 mlrd, Germaniya $48 mlrd ajratadi. Rossiya $48 mlrd bilan mudofaa budjetida sakkizinchi o‘rinda turibdi. Shubhasiz, AQSh $726,2 mlrd bilan dunyoda yetakchilik qiladi: bu insoniyat harbiy xarajatlarining 40 foizini tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring