Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qadimgi Hind sivilizatsiyasi halokati sababchisi aniqlandi

Qadimgi Hind sivilizatsiyasi halokati sababchisi aniqlandi

FOTO: MTRK «MIR» / Mariya Androsova

Hind daryosi vodiysida joylashgan sayyoramizning eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri iqlim o‘zgarishi tufayli yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lishi mumkin.

Rochester texnologiya instituti olimi Nishant Malik iqlim o‘zgarishlarini o‘rganishning yangi matematik usulini ishlab chiqdi. Aynan shu mazkur nazariyani tasdiqlaydi. Olimning tadqiqot natijalari «Chaos: An Interdisciplinary Journal of Nonlinear Science» jurnalida chop etilgan.

Tadqiqotchi paleoklimatolog olimlarning ma’lumotlaridan foydalanib, mahalliy g‘orlarning stalagmitlaridagi izotoplar soniga ko‘ra qadimgi zamonlarda hududga tushgan mussonlar hajmini o‘rgandi. Bundan tashqari, u mashinada hisoblash algoritmi yordamida usulni takomillashtirdi.

Ma’lumotlar miloddan avvalgi 3300 – 1300-yillarda Hind daryosi vohasida Xarappa sivilizatsiyasi mavjud bo‘lgan zamonlarda hududda chindan ham yog‘ingarchiliklar miqdori o‘zgarganini tasdiqladi.

Muallifning ta’kidlashicha, ushbu ma’lumotlar aniq bo‘lmasligi mumkin, biroq iqlim qadimgi sivilizatsiya halokatining asosiy sababchilaridan biri ekanligiga shubha yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring